“Kotib Assist” mobil ilovasi foydalanuvchilarining shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashga ruxsat berish to‘g‘risidagi kelishuv
Toshkent shahri, 17.11.2026
Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha ushbu kelishuv (keyingi o‘rinlarda Maxfiylik siyosati deb yuritiladi) “Kotib Assist” mobil ilovasi va unga kiruvchi Kotib Keyboard klaviaturasi (keyingi o‘rinlarda Ilova deb yuritiladi) foydalanuvchisi haqida Ilova va uning funksiyalaridan foydalanish vaqtida olinishi mumkin bo‘lgan barcha ma’lumotlarga nisbatan qo‘llaniladi.
1. Atamalar ta’rifi
1.1. Shaxsga doir ma’lumotlar — muayyan jismoniy shaxsga taalluqli bo‘lgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan, elektron tarzda, qog‘ozda va (yoki) boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborot. Shaxsga doir ma’lumotlar subyekti (subyekt) — shaxsga doir ma’lumotlar o‘ziga taalluqli bo‘lgan jismoniy shaxs. Shaxsga doir ma’lumotlar bazasi — tarkibida shaxsga doir ma’lumotlar mavjud bo‘lgan axborot tizimi tarzidagi ma’lumotlar bazasi.
1.2. Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish — shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish, tizimlashtirish, saqlash, o‘zgartirish, to‘ldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yo‘q qilish bo‘yicha bir harakatni yoki harakatlar majmuini amalga oshirish.
1.3. «Shaxsiy ma’lumotlarning maxfiyligi» — Operator yoki shaxsiy ma’lumotlarga kirish huquqiga ega bo‘lgan boshqa shaxs uchun shaxsiy ma’lumotlar subyektining roziligisiz yoki boshqa qonuniy asoslar mavjud bo‘lmagan holda ularni tarqatishga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risidagi majburiy talab.
1.4. Operator — “Kotib Ai” platformasi ma’muriyati.
1.5. “Kotib Assist foydalanuvchisi” — Ilovani o‘z qurilmasiga o‘rnatgan va Kotib akkaunti orqali Ilovadan foydalanuvchi shaxs. Kotib akkaunti Ilova, “Kotib Ai” telegram-boti va Kotib sayti uchun yagona.
2. Umumiy qoidalar
2.1. Foydalanuvchining Ilovada Apple, Google yoki Telegram orqali akkauntga kirishi ushbu kelishuv shartlarini va Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlash shartlarini qabul qilganligini anglatadi.
2.2. Foydalanuvchi mazkur kelishuv shartlariga rozi bo‘lmagan taqdirda Ilovadan foydalanishni to‘xtatishi shart.
2.3. Ushbu hujjat Ilovadan foydalanishda Operator oladigan shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha tomonlarning huquq va majburiyatlarini belgilaydi.
2.4. Ushbu kelishuv bo‘yicha qayta ishlanadigan shaxsiy ma’lumotlar quyidagilardan iborat:
- foydalanuvchining ismi va familiyasi;
- Apple orqali kirishda — Apple identifikatori va email manzil (Foydalanuvchi uni yashirishni tanlasa, Apple yaratgan yashirin manzil);
- Google orqali kirishda — Google akkaunt identifikatori va email manzil;
- Telegram orqali kirishda — Telegram identifikatori (ID) va profil rasmi;
- ovozli yozuvlar — faqat matnga aylantirish uchun (4.3-band);
- Foydalanuvchi saqlagan yozuvlar tarixi, qaydlar, lug‘at va iboralar;
- akkaunt balansi va xizmatdan foydalanish hisob-kitobi;
- qurilma turi, Ilova versiyasi, IP manzil va Ilova ishdan chiqqanda xato hisobotlari.
Ilova telefon raqami va bank karta rekvizitlarini so‘ramaydi va yig‘maydi.
3. Shaxsiy ma’lumotlarni yig‘ish maqsadlari
3.1. Operator foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlaridan quyidagi maqsadlarda foydalanish huquqiga ega:
3.1.1. Foydalanuvchiga Ilovada o‘z akkauntiga kirishni ta’minlash.
3.1.2. Ovozni matnga aylantirish va Ilovaning boshqa xizmatlarini ko‘rsatish, yozuvlarni Foydalanuvchining qurilmalari o‘rtasida sinxronlash.
3.1.3. Balansni hisoblash va o‘zining Foydalanuvchi oldidagi majburiyatlarini bajarish.
3.1.4. Ilova xizmatlarini baholash, xatolarni tuzatish va yaxshilash.
3.2. Operator shaxsiy ma’lumotlarni sotmaydi va reklama maqsadlarida foydalanmaydi. Ilovada reklama yo‘q va boshqa ilovalar hamda saytlar bo‘ylab kuzatuv olib borilmaydi.
4. Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash usullari va shartlari
4.1. Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlariga ishlov berish akkaunt mavjud bo‘lgan muddat davomida, har qanday qonuniy yo‘l bilan, shu jumladan avtomatlashtirish vositalaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
4.2. Operator foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini ruxsatsiz yoki tasodifiy kirish, yo‘q qilish, o‘zgartirish, bloklash, nusxalash, tarqatish, shuningdek uchinchi shaxslarning boshqa noqonuniy harakatlaridan himoya qilish uchun zarur tashkiliy va texnik choralarni ko‘radi. Ilova va server o‘rtasidagi ma’lumotlar shifrlangan ulanish (HTTPS) orqali uzatiladi.
4.3. Mikrofon faqat Foydalanuvchi ovozli yozishni boshlaganda yoqiladi. Ovozli yozuv matnga aylantirish uchun Operator serveriga yuboriladi va transkripsiya tugashi bilan o‘chiriladi. Audio ham, olingan matn ham bu jarayonda ma’lumotlar bazasiga yozilmaydi.
4.4. Yozuvlar tarixi Ilova sozlamalarida «Tarixni saqlash» yoqilgan bo‘lsagina saqlanadi. Tarix, qaydlar, lug‘at va iboralarni Foydalanuvchi Ilovada istalgan vaqtda o‘chirishi mumkin.
4.5. Kotib Keyboard klaviaturasi Foydalanuvchi yozayotgan matnni yig‘maydi, saqlamaydi va hech qayerga yubormaydi. Klaviaturaga «To‘liq ruxsat» (Full Access) faqat ovozli yozish uchun kerak.
4.6. Shaxsiy ma’lumotlar uchinchi shaxslarga faqat xizmatni ko‘rsatish uchun zarur hajmda beriladi: Apple, Google va Telegram — akkauntga kirishni tasdiqlash uchun, server va xato hisobotlari xizmatlari provayderlari — ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash uchun, davlat organlari — faqat qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda.
5. Kelishuvni bekor qilish va akkauntni o‘chirish
5.1. Foydalanuvchi Ilovada akkauntini o‘chirish orqali (Sozlamalar → «Akkauntni o‘chirish») shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga roziligini qaytarib oladi. Ilova endi Foydalanuvchida bo‘lmasa, u “Kotib Ai” telegram-botiga yozib, kirishda foydalanilgan Telegram akkaunti, Apple ID yoki Google email manzilini ko‘rsatgan holda akkauntni o‘chirishni so‘rashi mumkin; akkaunt 5.2-bandda yozilganidek o‘chiriladi.
5.2. Akkaunt o‘chirilganda u Ilova, bot va saytda birdaniga o‘chadi: ism, Telegram ID, Apple va Google kirish identifikatorlari, email, rasm, sozlamalar, tarix, qaydlar, lug‘at, iboralar va boshqa kontent o‘chiriladi, balans qoldig‘i bekor bo‘ladi. To‘lovlar yozuvlari buxgalteriya hisobi uchun ism-sharifsiz saqlanib qoladi. Qayta ro‘yxatdan o‘tishda yangi foydalanuvchi bonusi qayta berilmasligi uchun Telegram ID, Apple yoki Google identifikatorining qaytarib bo‘lmaydigan xeshi saqlanadi; undan Foydalanuvchini aniqlab bo‘lmaydi.
6. Tomonlarning javobgarligi
6.1. O‘z majburiyatlarini aybdor ravishda bajarmagan Operator shaxsiy ma’lumotlardan noqonuniy foydalanish munosabati bilan Foydalanuvchiga yetkazilgan haqiqiy zarar uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgar bo‘ladi. Bunday holda Foydalanuvchiga yetkazilgan haqiqiy zarar hujjatlar asosida isbotlanishi shart.
6.2. Operator Foydalanuvchi tomonidan ommabop shaklda taqdim etilgan ma’lumot uchun javobgar bo‘lmaydi.
6.3. Operator Foydalanuvchi tomonidan xizmatlardan foydalanish maqsadida Ilovaga kiritilgan ma’lumotlarning mazmuni uchun javobgar emas.
7. Qo‘shimcha shartlar
7.1. Operator Foydalanuvchining roziligisiz ushbu kelishuvga va Maxfiylik siyosatiga o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega.
7.2. Maxfiylik siyosati ushbu sahifada e’lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi.
7.3. Ilovadan foydalanish shartlari Ommaviy ofertada belgilangan.
7.4. Shaxsiy ma’lumotlar bo‘yicha savol va so‘rovlar bilan Foydalanuvchi Operatorga “Kotib Ai” telegram-boti orqali murojaat qilishi mumkin.